Foto: AFP via Getty Images
Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramaposaning Qozondagi BRIKS sammitida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi maqtovli izohlari Janubiy Afrikaning 10 partiyali hukmron koalitsiyasi, jumladan, Afrika milliy kongressi (AMK) va sobiq muxolifatdagi Demokratik alyans (DA) o‘rtasidagi bo‘linishni chuqurlashtirdi. Bu formatda u besh yillik muddatining oxirigacha omon qolmasligi mumkinligi haqida qo‘rquv kuchaymoqda. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi 29 oktyabr, seshanba kuni o‘z saytida ma’lum qildi.
Ramaposa Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chog‘ida Putin Janubiy Afrikaning «qimmatli ittifoqchisi» va «qimmatli do‘sti» ekanligini aytdi.
FT: JAR tashqi siyosatida mafkuraviy tafovutlar mavjud
Nashr e’tiborni Pretoriyaning nomuvofiq tashqi siyosatiga qaratadi — bir tomondan, u Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralashdan bosh tortdi, ikkinchi tomondan, Isroilga qarshi xalqaro sudga Rafahdagi genotsid da’vosi bilan murojaat qildi.
DA xalqaro aloqalar bo‘yicha vakili Emma Pauell, o‘z navbatida, «agar Ramaposa imperialistik urush qo‘zg‘atuvchisi bilan do‘st bo‘lishni istasa, bu uning ishi», dedi.
«Ammo gap shundaki, vazirlar mahkamasi bu masalalarda konsensus topishi kerak, agar birlik hukumatida mafkuraviy tafovutlar mavjud bo‘lsa, ularni hal qilish va murosaga kelish shaklini topish kerak, shunda biz izchil siyosat olib borishimiz mumkin», dedi u.
Pauellning ta’kidlashicha, tashqi siyosatdagi kelishmovchiliklar tufayli hukumatni tark etish «ahmoqlik» bo‘ladi, ammo AMK may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin umumiy ko‘pchilikni yo‘qotdi. O‘shanda uni atigi 40,2 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.
«Ramaposa endi hukumat nomidan, sheriklarining konsensusini olmasdan turib, siyosiy bayonotlar berishga haqli emas», dedi u.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, Pretoriyaning Xitoy va Isroilga nisbatan siyosatida ham kelishmovchiliklar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi