Jahon iqtisodiy forumi 2027 yilga kelib Yevropada 83 millionta ish o‘rni yo‘qolishini bashorat qilmoqda. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt hisoblanadi.
Tadqiqotda, shuningdek, 2027 yilgacha 69 milliongacha yangi ish o‘rni yaratilishi mumkinligi aytiladi.
McKinsey kompaniyasining Yevropada bandlik kelajagi tadqiqoti prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib 94 million yevropalik ishchi robotlarning rivojlanib borishi tufayli qayta tayyorlovga muhtoj bo‘ladi.
McKinsey, shuningdek, ishchilariga sun’iy intellekt rivojlanishi bilan eng ko‘p tahdid soladigan sohalarni aniq keltiradi. Ular jumlasiga – mehmonxona va jamoat ovqatlanish obyektlari (94 foiz), san’at (80 foiz), ulgurji va chakana savdo (68 foiz), qurilish (58 foiz) hamda transport va logistika (50 foiz) kiradi.
2030 yilga borib 21 million kishi kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, bu odamlarning aksariyati oliy ma’lumotli emas.
Shu bilan birga, Jahon iqtisodiy forumiga ko‘ra, yaqin yillarda boshqa sohalarda sezilarli o‘sish ham bo‘lishi kerak. Gap 69 millionga yaqin yangi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ketyapti. Hisobotda esa bunday mintaqalarning barqaror turishiga yordam berish uchun masofaviy ishlashni rag‘batlantirish taklif etiladi.
Yevropada mehnat unumdorligi hozirda Amsterdam, Kopengagen, London, Madrid, Myunxen va Parij kabi bir necha mehnat bozorlarida jamlangan.
Hisobotda aytilishicha, bu shaharlarda Yevropa aholisining atigi 20 foizi istiqomat qiladi, biroq 2007-2018 yillar oralig‘ida Yevropa yalpi ichki mahsuloti o‘sishining 43 foizi, sof ish o‘rni o‘sishining 35 foizi va aholi o‘sishining 40 foizini tashkil qilgan.
Boshqa tomondan, Sharqiy va janubiy Yevropada mehnat bozori qisqargan 438 ta mintaqa mavjud bo‘lib, ularda aholining 30 foizi istiqomat qiladi va «ish kuchining qisqarishi, keksa aholi va ta’lim darajasining pastligi» bilan tavsiflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi