
Foto: AP Photo
Ispaniyaning Valensiya regionida kuchli yomgʻirlar keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida kamida 51 kishi halok boʻldi, deb xabar bergan mahalliy rasmiylar.

Foto: Alberto Saiz / AP / Scanpix / LETA
Hududiy hokimiyat rahbari Karlos Mazon jabrlangan hududlarda qutqaruv amaliyotlari davom etayotgani va hozircha qurbonlar sonini aniq aytib boʻlmasligini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda suv oqimi koʻpriklar va avtomobillarni qanday yuvib ketayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan. Ayrim videolarda odamlar omon qolish uchun daraxtlarga tirmashib chiqqanini koʻrish mumkin.
Ispaniya sharqi va janubida roʻy bergan kuchli yomgʻirlar natijasida koʻplab hududlarni suv bosgan, shuningdek, temiryoʻl va aviaqatnovlarda uzilishlar yuzaga kelgan.
Valensiyaga amalga oshirilishi kerak boʻlgan ayrim aviareyslar bekor qilingan yoki samolyotlar boshqa hududlardagi aeroportlarga yoʻnaltirilgan. Ispaniyaning mazkur regionida temiryoʻl qatnovi ham toʻliq toʻxtatilgan.

Ispan meteorologlariga koʻra, Valensiyada sakkiz soat ichida 491 mm yogʻin tushgan, bu qariyb bir yillik normaga teng.
Xabar qilishlaricha, suv bosgan hududda qamalib qolgan yuzlab kishilar OAVga qoʻngʻiroq qilib, yordam olishga yoki yoʻqolgan qarindoshlari haqida ma'lumot olishga harakat qilmoqda.
Qutqaruv xizmatlari odamlarni qidirish uchun dronlardan foydalanmoqda.
Mahalliy nashrlar yozishicha, Valensiyada oʻnlab kishilar butun tun davomida oʻz mashinalarida, shuningdek, tomlar va koʻpriklarda oʻtirib, qutqaruvchilarni kutishgan.
«Biz hech kim bilan uchramagan misli koʻrilmagan vaziyatga toʻqnashdik», — degan Mazon.
Bir kun oldin rasmiylar Valensiyada va janubi-sharqdagi Albasete provintsiyasida kamida etti kishi bedarak ketganini xabar qilgandi.




Ispaniya davlat meteorologiya agentligi AEMET Valensiyada va Andalusiyaning ayrim hududlarida xavf darajasi oshgani haqida e'lon qilgan.
Valensiya shahri meriyasi maktablardagi darslar va sport musobaqalari bekor qilinishi, shahar xiyoboni esa vaqtincha yopilishini ma'lum qilgan.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bedarak ketgan odamlar haqidagi xabarlarni xavotir bilan kuzatib borayotganini bildirib, jabrlangan hududlar aholisini «shoshilinch boʻlmagan safarlar»ni qoldirib turishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar