Foto: CNBC
“AQSH armiyasi Rossiya—Ukraina mojarosini kuzatish tajribasidan foydalangan holda Xitoy bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda”, deb yozadi The New York Times (NYT).
Harbiy ekspertlar fikricha, Xitoy yaqin yillarda Tayvanga bostirib kirishga va uni bosib olishga urinishi mumkin, bu esa AQSH bilan qarama-qarshilikka olib keladi. Shu fonda AQSH harbiylari mintaqaga qo‘shinlarini olib o‘tmoqda va ittifoqchilar bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
NYT'ga ko‘ra, so‘nggi yillarda faqat kichik davlatlar bilan urush tajribasiga ega bo‘lgan Amerika armiyasi qurol-yarog‘ va sun’iy yo‘ldosh razvedkasi bo‘yicha XXRdan ustun emas.
Nashrning qayd etishicha, bunday potensial urush, hatto yadro quroli ishlatilmasa ham quruqlikda, dengizda, havoda va kosmosda olib borilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, mojaroga boshqa yirik davlatlar ham qo‘shilish ehtimoli bor, bu esa AQSH armiyasida katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
“Mumkin bo‘lgan harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Qo‘shma Shtatlar ittifoqchi qo‘shinlari bilan birgalikda daralar, changalzorlar va nam hududlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdi”, deya xabar bergan manbalar.
Havayi orollari yaqinidagi armiya kemalari ekipajlari ham harbiy texnika va harbiy xizmatchilarni tushirish usullarini mashq qilgan. O‘z mashg‘ulotlarida AQSH armiyasi Rossiya—Ukraina mojarosi tajribasidan, xususan, kichik sabotaj guruhlari va aloqa vositalaridan foydalanish tajribasidan faol foydalanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan