Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagi aholiga kiberhujum va diversiyalar kabi inqirozli vaziyatlar ehtimoliga uch kunlik zahira to‘plash tavsiya etildi. Tegishli ma’lumot Yevrokomissiya hisobotida e’lon qilindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Fuqarolik va harbiy ta’minotni kuchaytirish to‘g‘risidagi hisobotda zarur narsalar zahirasini to‘plash haqida gap boradi. Shuningdek, kimyoviy, biologik yoki yadroviy hodisalar yuz berganda qanday yo‘l tutish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish tavsiya etilgan.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ta’kidlashicha, birgina tugmani bosish elektr tarmog‘ini ishdan chiqarib, butun shaharlarni zulmatga cho‘mdirishi mumkin.
Yevrokomissiya, shuningdek, aholiga ko‘rilayotgan choralarning zarurligini tushuntirish maqsadida Yevropada inqirozli vaziyatlarga tayyorgarlik kunini joriy etishni taklif qildi. Hisobot mualliflari Rossiyaning gibrid hujumlariga va Yevroittifoqdagi vaziyatni beqarorlashtirish urinishlariga YEI yetarli darajada tayyor emasligini bildirdi.
Mutaxassislar maxsus diversiyaga qarshi tarmoq yaratishni zarur deb hisoblaydi. Hisobot mualliflari fikricha, terrorizm, josuslik va diversiyalarga qarshi kurashish uchun shifrlangan ma’lumotlarga kirish imkonini beradigan huquqiy asoslar yaratish kerak.
Shuningdek, mudofaa mahsulotlarining yagona Yevropa bozorini tashkil etish tavsiya etilgan. Bu qurol-yarog‘ va harbiy texnika xarid qilishdagi to‘siqlarni bartaraf etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...