date
views 74

Kiyev AQSHdan kelgan dronlarning sifatidan shikoyat qildi

Kiyev AQSHdan kelgan dronlarning sifatidan shikoyat qildi
Foto: Getty Images
Ukraina rasmiylari AQSH tomonidan Ukraina armiyasiga taqdim etilgan dronlar ishlamay qolayotganidan va ularning aksariyati radioelektron urush vositalarini yengib chiqa olmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Rasmiylar, shuningdek, qurilmalar havoga ko‘tarilishida qiyinchiliklar kuzatilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Radioelektron urushlar ta’sirida Ukrainaga yetkazilgan aksariyat Amerika dronlari o‘z yo‘nalishidan chiqib ketgan, qulagan yoki hatto havoga ko‘tarilishda qiynalgan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, ular tez-tez nosozliklarga uchragan, ishlashi qiyin va qimmat bo‘lgan”, deb yozadi nashr.

Avvalroq Ukrainaning Kyiv Independent nashri ukrainalik jurnalistlar Ukraina Qurolli kuchlari dronlarining Xarkov viloyatida Rossiyaning radioelektron urushi oldida ojiz ekaniga ishonch hosil qilganini qayd etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev AQSHdan kelgan dronlarning sifatidan shikoyat qildi