43
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
Foto: AP
Disney kompaniyasining sobiq xodimi Maykl Shoyer ishdan bo‘shatilganidan keyin Walt Disney World ko‘ngilochar bog‘i restoranlaridagi menyuni boshqarish tizimiga kirib, tarkibida allergen mahsulotlar mavjud ayrim taomlarga oid ma’lumotlarni o‘zgartirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda.
Hujjatlarda gap qaysi kompaniya haqida ketayotgani ochiqlanmagan, ammo Shoyerning advokati bu aynan Disney ekanini tasdiqlagan. Da’vo arizasida qayd etilishicha, Shoyer bir necha bor tizimga kirgan va menyuga oid «ma’lumotlarni boshqargan». Ya’ni u ba’zi mahsulotlarni yeryong‘oqqa allergiyasi bor insonlarga xavfsiz deya o‘zgartirib chiqqan — bu hatto mijozlarning o‘limiga olib kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, Shoyer taomlar narxini o‘zgartirib, menyudagi ayrim bandlarga haqoratli so‘zlarni qo‘shgan. Da’voda keltirilishicha, bir safar u dasturiy ta’minotni bir necha haftaga ishdan ham chiqargan.
Shuningdek, Shoyer restorandan tashqaridagi reklama bannerlariga joylashtirilgan QR-kodlarni o‘zgartirib, uni boycott-israel.org saytiga yo‘naltirgan.
Disney'dagilar ma’lumotlari o‘zgartirilgan menyu chop etilganidan keyin, ammo ular hali restoranlarga tarqatilmasidan oldin payqab qolishgan.
Menyu inventarizatsiya tizimi Disney uchun maxsus ishlab chiqilgan. Da’voda ta’kidlanishicha, Shoyer o‘zida qolib ketgan parollardan foydalanib, unga kirgan. Shundan keyin Disney kompaniyasi tizimga kiradigan barcha parollarni o‘zgartirgan.
Shoyerni himoya qilayotgan advokatning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Kompaniyadagilar esa vaziyatga izoh bermagan.
Disney kompaniyasiga nisbatan Nyu-Yorkda yashaydigan fuqaro tomonidan kiritilgan alohida da’vo ham ko‘rib chiqilmoqda. Uning rafiqasi Walt Disney Parks and Resorts kurortida joylashgan Raglan Road pabidagi kechki ovqatda yuz bergan allergiyadan keyin vafot etgan. Ayolning yong‘oq va sut mahsulotlariga allergiyasi bo‘lgan va u taomlanishdan oldin ofitsiantdan buyurtma qilingan ovqatda allergenlar bor-yo‘qligini aniqlashtirib olgan. Ofitsant allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar yo‘qligini aytgan, ammo kechki ovqatdan keyin ayolning ahvoli og‘irlashgan va shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi