Foto: The Winchester Star
Bloomberg Billionaires Index (BBI)ga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon rossiyalik milliarderlar boyligi 26,274 mlrd dollarga ko‘paydi.
O‘tgan 10 oyda eng ko‘p boyigan rossiyalik — Novolipetsk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin (+$4,81 mlrd). Jami boyligi $28,8 mlrd deya baholanayotgan Lisin jahon milliarderlari ro‘yxatida 63-o‘rinni egallab turibdi.
Kapitali o‘sishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Severstal» asoschisi Aleksey Mordashov (+$4,75 mlrd, jami 25,6 mlrd), uchinchi o‘rinni «Yevroxim» va SUEK (Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi) hamasoschisi Andrey Melnichenko (+$4,2 mlrd, jami $23 mlrd) egalladi. Dunyo boylari reytingida Mordashov 73-o‘rinni, Melnichenko 89-o‘rinni band qildi.
Rossiyalik milliarderlar orasida eng ko‘p yo‘qotishga uchragan inson «Metalloinvest» aksiyadori Alisher Usmonov bo‘ldi. Usmonovning kapitali 2024 yilda $6,46 mlrdga qisqarib, jami $14,6 mlrdni tashkil qilmoqda. Hozirda u jahon milliarderlari ro‘yxatida 154-o‘rinda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"