Ispaniyada fojiali suv toshqini ko‘lami oshib bormoqda, rasmiylar 205 kishining o‘limini qayd etgan. Qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar ro‘yxati ko‘payishi mumkin.
Ispaniya kuchli suv toshqini qurbonlari uchun motam tutmoqda: qirollikda 2 noyabrga qadar milliy motam e’lon qilingan. Shu bilan birga, mamlakat janubi-sharqidagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlardan qurbonlar soni bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar kelib tushmoqda. Hozirgacha eng ko‘p o‘lim Valensiya mintaqasida – 202 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Rasmiylarning eslatishicha, bedarak yo‘qolganlar bor va bu qurbonlar sonini orttirishi mumkin. Suv toshqinlari Ispaniya janubi-sharqidagi aholi punktlarida vayronagarchiliklar keltirib chiqargan.
Sinoptiklarning ta’kidlashicha, hozirgi suv toshqini Ispaniyada 1957 yildan beri eng halokatlisi bo‘ldi. Ular jabrlangan hududlarga yana yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?