Foto: Depositphotos
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arb siyosatchilarining Rossiya Ukraina va qo‘shni Yevropa davlatlariga Belarus hududi orqali hujum qilmoqchi, degan so‘zlarini ahmoqlik deb hisobladi.
Uning fikricha, G‘arb o‘z oldiga Rossiya va Belarusni “bo‘g‘ib yo‘q qilish” maqsadini qo‘ygan.
“Biz vaziyatni keskinlashtirmayapmiz. Rossiya Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya yoki Ukrainaga hujum qilmoqchi emas. Bu mutlaqo ahmoqlik”, dedi Lukashenko.
U “Belarusdan hech kim qo‘shni davlatlar hamda NATO bilan urushmasligiga” ishontirgan.
“G‘arb davlatlari bizni hamda Rossiyani bo‘g‘ib o‘ldirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bugun esa mana shu maqsad sari intilib, ular bizni nimadadir qoralash uchun sabab izlamoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Belarus yetakchisi.
Uning ta’kidlashicha, xorijliklar “barqarorlik, xavfsizlik, tartib, mehribonlik va mehmondo‘stlik diktaturasi” hukmron bo‘lgan Belarusga tashrif buyurishdan mamnun. Lukashenko, shuningdek, munosabatlarni qo‘shnichilik asosida qurishga chaqirgan: “Agar xohlamasangiz, mayli, kerak emas. Lekin biz sizni tark etsak, siz bizga qaytib kelmang”.
Belarus prezidenti avvalroq agar Polsha G‘arbiy Ukrainani bosib olishga harakat qilsa, Minsk Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi. Lukashenko Varshava G‘arbiy Belarus ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi ekanini ta’kidlagan. U, shuningdek, Ukraina hukumatini “aqlini yig‘ib”, “yaqin odamlar, birinchi navbatda belaruslar yordamida” mamlakatni tiklashni boshlashga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?