23:08 / 02.11.2024
50

Rossiya TIV Kiyev 700 ga yaqin ukrainalik harbiy asirlarni qabul qilmaganini ma’lum qildi

Rossiya TIV Kiyev 700 ga yaqin ukrainalik harbiy asirlarni qabul qilmaganini ma’lum qildi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Ukraina 2024 yilda almashish uchun taklif qilingan ayrim ukrainalik harbiy asirlarni qabul qilishdan bosh tortganini aytdi.

TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi joriy yilda Ukraina tomoniga 935 nafar ukrainalik harbiy asirni almashish uchun taklif qilgan, biroq Kiyev atigi 279 kishini qabul qilishga rozi bo‘lgan.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Kiyev Chernobil AES xavfsizlik bo‘linmasi, shuningdek, bir nechta hududiy mudofaa brigadalari - 102, 111, 118 va 126 mahbuslarni qabul qilishdan bosh tortmoqda.

Rossiya TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Moskva “asirlarni almashish masalasi bo‘yicha muloqotni hech qachon rad etmagan”.

Zaxarovaning bayonotlari fonida Rossiyadagi Inson huquqlari bo‘yicha komissar Tatyana Moskalkova Ukrainani ijtimoiy tarmoqlar orqali “konstruktiv muloqotga qaytishga va mahbuslar almashinuvini tezlashtirishga” chaqirgan.

Ukraina rasmiylari bu bayonotlarga hozircha izoh bermagan.

Meduza nashrining qayd etishicha, Zaxarovaning Rossiya tomonidan almashish uchun taklif qilgan ukrainalik harbiy asirlar soni haqidagi ma’lumotlari Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan rasmiy xabarlarga ko‘ra, Rossiya va Ukraina 2024 yil boshidan buyon to‘qqiz marta asir almashgan. Bu vaqt ichida Rossiya 1116 nafar ukrainalik harbiy asirni Ukrainaga o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya TIV Kiyev 700 ga yaqin ukrainalik harbiy asirlarni qabul qilmaganini ma’lum qildi