Foto: Shutterstock/Fotodom
Qozog‘istonda «zamonaviy ko‘chmanchilar» — masofadan turib ishlovchi va sayohatni birlashtiruvchi turistlar uchun yangi turdagi Neo Nomad nomli viza turi joriy etildi. Bu haqda mamlakat Turizm vazirligi xabar berdi. Mazkur vizani olish uchun chet el fuqarosi Qozog‘istondan tashqarida oyiga kamida 3 ming dollar ishlab topishi kerak.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, yangi turdagi vizani joriy etishda koronavirus pandemiyasidan keyin bu kabi dasturni ishga tushirgan dunyoning 50 ta davlati tajribasi o‘rganilgan. Neo Nomad vizasi yordamida chet el fuqarolari xorij kompaniyalaridagi ishini saqlagan holda Qozog‘istonda bir yilgacha qolishlari mumkin.
Neo Nomad'ni olishda minimal daromaddan tashqari, tibbiy sug‘urta va sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma ham talab etiladi. Turizm vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur vizaning joriy etilishi natijasida har yili 500 kishi Neo Nomad oladigan bo‘lsa ham 3 milliard tenge (6,8 million dollar) foyda ko‘radi.
2023 yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 93 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, shuningdek, 76 davlat uchun turistik viza berishning yengillashtirilgan tartibi belgilangan.
55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga keluvchi Xitoy, AQSH va Vetnam fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy qilingan. Bundan tashqari, «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa» va «Pilgrim visa» kabi yangi kirish viza turlari mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?