Foto: AP
Google Maps xaritalari yangilanganidan keyin Ukrainadagi harbiy obyektlarning sun’iy yo‘ldosh tasvirlari oshkor bo‘lib qoldi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andriy Kovalenko ma’lum qildi.
«Vaziyatni tasavvur qiling. Google xaritalarni yangilab, harbiy tizimlarimizning joylashuvini ko‘rsatadigan rasmlarni joylashtirdi (aniq aytmayman). Buni tezda tuzatish uchun ular bilan bog‘landik, ammo ularda dam olish kunlari, bunga vaqt yo‘q», deb yozdi Kovalenko ijtimoiy tarmoqda.
Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya nashrlari allaqachon bu suratlarni «faol tarqata boshlagan». Xususan, Z-kanallar Google Maps ilovasidan Ukraina harbiy inshootlari xaritalari skrinshotlarini chop etgan.
Kovalenko so‘zlariga ko‘ra, Google vakillari yangilangan sun’iy yo‘ldosh suratlariga jamoatchilikning munosabatidan so‘ng, Ukraina rasmiylari bilan bog‘langan.
«Ular harbiy tizimlarimizning joylashuvi tasvirlari bilan bog‘liq vaziyatni to‘g‘irlash ustida ishlayotganini aytishmoqda», deb qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?