Foto: Reuters
Suv toshqinidan katta zarar ko‘rgan Valensiya chekkasidagi Payporta shahrining yuzlab aholisi hukumat amaldorlarining tashrifi chog‘ida norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar berdi Reuters.
Ba’zi namoyishchilar Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letisiyaga loy otgan. Bosh vazir Pedro Sanches ham hujumga uchragan, u zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Namoyishchilar «Qotillar!» deb hayqirgan va qirol oilasidan shu vaqtgacha qayerda bo‘lganini, nega oldinroq kelmaganini so‘ragan. Xabarga ko‘ra, qirol oilasi a’zolari «xotirjamlikni saqlab», mahalliy aholi bilan gaplashishga harakat qilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida 217 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar hanuz bedarak yo‘qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?