Foto: AP
Dunyoda energiyaga bo‘lgan talab ikki baravar oshadi, xususan, ChatGPT tufayli u kutilmaganda oshib ketdi. Bu haqda BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Ahmad Al-Jobir ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahonning energiyaga bo‘lgan talabi Global janubdagi mamlakatlarning rivojlanishi, energiya manbalarining o‘zgarishi va xususan, sun’iy intellektdan (SI) foydalanishning eksponensial o‘sishi hisobiga ikki baravar oshadi.
«SI energiya transformatsiyasini va kam uglerodli rivojlanishni tezlashtirish potensialiga ega, ammo sun’iy intellektdan foydalanish energiyaga bo‘lgan talabni oshirmoqda, bu ChatGPT paydo bo‘lganidan 18 oy oldin kutilmagan holat edi. ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar ko‘p energiyani talab qiladi. Sun’iy intellektdan foydalanish kengaygani sari, u ko‘proq data-markazlarini talab qiladi», dedi u.
Taxminlarga ko‘ra, yaqin 6 yil ichida data-markazlarining quvvati ikki baravar oshadi, buning uchun 2030 yilga borib kamida 150 GWt quvvat talab etiladi, 2040 yilga borib bu hajm ikki baravar ko‘payadi, dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun bitta energiya manbai yetarli emas – qayta tiklanadigan energiya manbalari, atom energetikasi va gaz ham kerak bo‘ladi.
Al-Jobir energiya infratuzilmasi sarmoyaga muhtojligini va u yiliga kamida 1,5 trillion dollargacha o‘sishi kerakligini va bu investitsiyalarni tezlashtirish va himoya qilish uchun siyosat zarurligini ta’kidladi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish 7 barobar, suyultirilgan tabiiy gazdan foydalanish kamida 65 foizga oshadi, neftdan yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?