Bukmekerlar Trampning saylovdagi imkoniyatlarini 61 foizga baholamoqda

Foto: AFP
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish ehtimoli 61 foizni tashkil etadi. Buni Polymarket bukmekerlik agentligi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning prezidentlik uchun kurashdagi raqibi Kamala Harrisning imkoniyatlari 39 foizga baholanmoqda. Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 milliard dollarni, amaldagi vitse-prezidentniki esa 808 million dollarni tashkil etadi.
5 noyabr kuni AQSHda navbatdagi umumiy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ular prezidentni, Senatning uchdan bir qismini va AQSH Kongressining butun Vakillar palatasini, shuningdek, 11 shtat va 2 hudud gubernatorlarini saylaydilar. Respublikachi nomzod Donald Tramp va AQSHning hukmron Demokratik partiyasi vakili Kamala Harris davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.
Tramp 2017-2021 yillarda AQSHning 45-prezidenti sifatida bu lavozimda faoliyat yuritgan. U 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazdi va endi Oq uyga qaytishga harakat qilmoqda. Kamala Harris 2021 yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish ehtimoli 61 foizni tashkil etadi. Buni Polymarket bukmekerlik agentligi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning prezidentlik uchun kurashdagi raqibi Kamala Harrisning imkoniyatlari 39 foizga baholanmoqda. Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 milliard dollarni, amaldagi vitse-prezidentniki esa 808 million dollarni tashkil etadi.
5 noyabr kuni AQSHda navbatdagi umumiy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ular prezidentni, Senatning uchdan bir qismini va AQSH Kongressining butun Vakillar palatasini, shuningdek, 11 shtat va 2 hudud gubernatorlarini saylaydilar. Respublikachi nomzod Donald Tramp va AQSHning hukmron Demokratik partiyasi vakili Kamala Harris davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.
Tramp 2017-2021 yillarda AQSHning 45-prezidenti sifatida bu lavozimda faoliyat yuritgan. U 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazdi va endi Oq uyga qaytishga harakat qilmoqda. Kamala Harris 2021 yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…