Foto: Bloomberg
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlari vitse-prezident Kamala Harris saylovda g‘alaba qozonsa, ularni bu huquqdan mahrum etishidan qo‘rqib, o‘qotar qurol sotib olmoqda. Bu haqda Britaniyaning Daily Express nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Viskonsin shtatidagi Respublikachilar partiyasi a’zolari AQSH Konstitutsiyasiga fuqarolarning qurol saqlash va olib yurish huquqini kafolatlovchi Ikkinchi tuzatish tahdid ostida qolganidan xavotirda.
“Menda o‘qotar qurol yo‘q edi, lekin men uni sotib olaman. O‘ylashimcha, u menga tez orada kerak bo‘ladi”, deydi Viskonsin shtatidagi saylovchilardan biri.
Yana bir saylovchi hech qachon o‘qotar quroli bo‘lmaganini aytib, “o‘zini himoya qiladigan narsaga ega bo‘lishi kerak”ligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u qurollarni prezident Jo Bayden boshqaruvi davrida Amerika jamiyati o‘zgargani uchun sotib olgan. Shu bilan birga, u ilgari o‘zi ham demokrat bo‘lganini va 2020 yilda Hillari Klintonga ovoz berganini, ammo hozir uning “ko‘zlari ochilganini” qo‘shimcha qilgan.
Shtatning yana ikki fuqarosi, agar mamlakatda Harris hokimiyat tepasiga kelsa, ularning qurol olib yurish huquqi xavf ostida qolishi mumkinligini qayd etgan.
“Kamala qurollarimizni olib qo‘ymoqchi. Lekin ularga ega bo‘lish bizning huquqimiz”, deydi ular.
Daily Express'ga ko‘ra, qurolga egalik masalasi uzoq vaqtdan beri Amerika jamiyatini ikkiga bo‘lib kelgan.
Harris avvalroq ma’muriyatning 2022 yilda demokratlar va respublikachilar tomonidan taklif qilingan ikki partiyaviy xavfsiz jamoalar to‘g‘risidagi qonunni muvaffaqiyatli qabul qilishdagi yutuqlarini ta’kidlagan edi. Mazkur qonun qurol savdosi, xususan, 21 yoshgacha bo‘lgan qurol sotib oluvchilar uchun ma’lumotni tekshirish ustidan nazoratni kuchaytirgan va ba’zi bo‘shliqlarni yopgan. Harris, shuningdek, bu turdagi qonunlarini butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirish, universal tekshiruvlar va hujum qurollarini, xususan, pulemyotlarni taqiqlashga chaqirgan.
Shu bilan birga, Harris konservatorlar lageridan bir qarorga kelmagan saylovchilarning ovozlarini olish uchun u Ikkinchi tuzatishni hurmat qilishini, odamlarning qurollarini tortib olmoqchi emasligini va hatto o‘zi ham qurolga ega ekanligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirdi
BAA Qatarni shunchaki yanchib tashladi. O‘zbekistonga "kela olmagan" Limadan poker
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."