Foto: “Ura.ru”
Xitoy harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati yosh harbiy xizmatchilarni hushyor bo‘lishga va onlayn tanishuv hamda qimor o‘yinlari saytlarida ro‘yxatdan o‘tishdan saqlanishga chaqirdi.
Xitoy harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati ta’kidlaganidek, beparvolik harbiy xizmatchining o‘ziga tahdid solishi va mamlakat qurolli kuchlarining jangovar samaradorligiga putur yetkazishi mumkin.
Bu chaqiriq birinchi navbatda 1990 yildan keyin tug‘ilgan harbiy xizmatchilarga qaratilgan, chunki ular hozirda XXR qurolli kuchlarining asosiy qismini tashkil qiladi va ular, nashrning ta’kidlashicha, asosan internet ta’siri ostida. Nashr turli xil xavfli va firibgar onlayn harakatlar, jumladan, fishing, troyan kabi zararli dasturlar haqida ta’kidlagan.
XXR harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati harbiylarga qurolli kuchlarda xizmat qilish haqida onlayn tarzda oshkor qilmaslikni maslahat bergan, aks holda ular jinoyatchilar uchun “oson nishon” bo‘lib, tuzoqqa tushib qolishlari mumkin.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga “onlayn do‘st tanlashda diqqat bilan ko‘rib chiqish va masofani saqlash”, “prinsiplarni hech qachon unutmaslik va begonalar bilan behayo aloqalar o‘rnatmaslik” tavsiya etilgan. XXR harbiy-dengiz kuchlari rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, qimor o‘yinlar qaramlikning ortishi va qarzning “tubsiz qa’riga” yetaklaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"