00:24 / 06.11.2024
53

Harris o‘zi va Tramp o‘rtasida qanday tafovut borligini ochiqladi

Harris o‘zi va Tramp o‘rtasida qanday tafovut borligini ochiqladi
Foto: AFP
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris agar u g‘alaba qozonsa, Oval kabinetga vazifalar ro‘yxati bilan kelishini, respublikachi raqibi Donald Tramp esa o‘z dushmanlari ro‘yxati bilan kelishini aytdi.

Avvalroq Tramp, agar u g‘alaba qozonsa, 2020 yilgi saylov natijalarini soxtalashtirishda ishtirok etgan siyosatchilar, amaldorlar va saylovchilarni tergov qilishga va’da bergan edi. U avvalgi saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishni istamasligini bildirgan.

Tramp butun vaqtini o‘zi, noroziliklari, qasos olish rejalari haqida gapirishga sarflaydi, u Oval kabinetiga dushmanlar ro‘yxati bilan borsa, men Amerika xalqi oldidagi vazifalarim ro‘yxati bilan boraman”, dedi Harris V-103 radiostansiyasiga bergan intervyusida.

U o‘zining saylovoldi kampaniyasida o‘rta sinfning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va inflyatsiyani pasaytirish uchun harakat qilish va’dalarini takrorlagan.

Hozirda AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Demokratik partiyadan vitse-prezident Harris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp vakillik qilmoqda.

Polymarket bukmekerlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish ehtimoli 61 foizni tashkil etadi.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning prezidentlik uchun kurashdagi raqibi Kamala Harrisning imkoniyatlari 39 foizga baholanmoqda. Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 milliard dollar, amaldagi vitse-prezidentniki esa 808 million dollardan iborat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harris o‘zi va Tramp o‘rtasida qanday tafovut borligini ochiqladi