
Donald Tramp AQSHdagi prezident saylovlarida g‘olib bo‘lganini e’lon qildi. U bu haqda Floridadagi qarorgohida tarafdorlari qarshisidagi nutqida gapirdi.
Tramp «siyosiy g‘alabaga erishgani»ni aytib, o‘zini AQSHning 47-prezidenti deb atagan. U saylovlarda «ajoyib g‘alaba»ga qo‘lga kiritganini ta’kidlagan.
«Biz tarix yaratyapmiz, biz bu mamlakatni davolaymiz», degan u.
Prognozlarga ko‘ra ham Donald Tramp prezident saylovlarida ustun kelmoqda. Respublikachilarni qo‘llovchi Fox News telekanali Tramp allaqachon 277 ovoz qo‘lga kiritib bo‘lganini e’lon qilgan, g‘oliblik uchun esa 270 ovoz ham yetarli. Associated Press va The New York Times hozircha u — 267, CNN va NBC News — 266 ovoz olganini xabar qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar