45
Lukashenko agar Tramp urushlarni to‘xtata olsa, unga Nobel mukofotini berishni taklif qildi
Foto: “BelTA”
Agar AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng urushlarni to‘xtatsa, unga Nobel mukofotini berish kerak bo‘ladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
Uning eslatishicha, Tramp saylovoldi tashviqoti chog‘ida boshqa narsalar qatori Ukrainadagi mojaroni hal qilishga va’da bergan. “Agar u shunday qilsa, biz Nobel mukofoti uchun petitsiya yuboramiz”, deya Lukashenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “BelTA” agentligi. Belarus davlati rahbari Tramp “va’dalarini bajarishiga” umid bildirdi.
Shu bilan birga, Lukashenkoga ko‘ra, hammasi AQSHning saylangan prezidentiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ukrainadagi jangovar harakatlarga barham berish uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur, deb hisoblaydi Belarus rahbari. “Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga harakat qiladi, ammo bu bir tomonlama muzokaralar emas, balki ko‘plab mamlakatlarga tegishli masala”, dedi Lukashenko.
Tramp Ukraina masalasini saylov kampaniyasi davomida asosiy masalalardan biriga aylantirdi. U, agar g‘alaba qozonsa, 2025 yil yanvarida inauguratsiyasidan oldin vaziyatni hal qilish rejalarini e’lon qiladi. Qo‘shma Shtatlarda birinchi ovoz berish natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, g‘alaba nutqi bilan tarafdorlariga murojaat qilgan Tramp “barcha urushlarni to‘xtatish” niyatini bildirdi, biroq aniq tashabbuslarni ilgari surmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi