Foto: Sputnik
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining 12-yig‘ilishida ma’lum qildi.
Lebedevga ko‘ra, bu hozirgi geosiyosiy vaziyatda o‘ta muhim hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, hozirda butun dunyoda keskinlashuv va yangi qurolli mojarolar, shuningdek, AQSH va NATOning boshqa davlatlar ustidan hukmronlik qilish istagi tufayli bloklar va davlatlararo qarama-qarshiliklarning avj olishi kuzatilmoqda.
“Dunyodagi geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi fonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar 2030 yilgacha harbiy sohadagi hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi”, deydi tashkilot bosh kotibi.
Lebedev “hozirgi sharoitda bu turdagi hamkorlikni kuchaytirish muhim barqarorlashtiruvchi omil” ekanini qayd etgan.
“Mazkur konsepsiya loyihasi o‘rta muddatli istiqbolda o‘zaro hamkorlik uchun aniq ustuvorliklar va yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
MDH rahbari ishtirokchi davlatlar qurolli kuchlarining jangovar va taktik-texnik tayyorgarligi mavjud amaliy tajriba hamda ilm-fan yutuqlari bilan o‘zaro boyitish asosida amalga oshirilishi kerakligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi