Foto: AFP
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan inauguratsiyadan oldin gaplashishini istisno qilmadi. Bu haqda Peskov jurnalistlarga tegishli savolga javob berar ekan aytib o‘tdi.
«Bu istisno etilmayapti. U inauguratsiyadan oldin Putinga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Bu uning so‘zlari, hozircha boshqa aytadigan gapimiz yo‘q», dedi u.
Shu bilan birga, Peskov Rossiya prezidenti Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.
«Biz Bayden ma’muriyati bilan ishlamayapmiz. Texnik aloqa uchun ba’zi kamtarona kanallar mavjud, ammo ular mazmunli xususiyatga ega emas», — dedi Kreml vakili.
Peskov, shuningdek, Rossiyaning AQSH yangi prezidenti Trampning inauguratsiya marosimida ishtirok etishi haqida gapirmadi.
«Biz hozircha kim taklif qilinishini bilmaymiz. Bu bizga beriladigan savol emas», dedi u.
Kreml, shuningdek, The Wall Street Journal nashrining AQSHning saylangan prezidenti Tramp jamoasida Ukraina bo‘yicha kelishuv rejasi borligi haqidagi iddaolariga izoh berdi.
«U yerda hamma narsa tushunarsiz. Bu The Wall Street Journal'ning Ukraina bo‘yicha rejasiga o‘xshaydi. Ma’lumotlar borgan sari mavhum bo‘lib bormoqda», — dedi Peskov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” yetakchisi: “Isroil bilan diplomatik kelishuv bo‘lmaydi”
Isroilning urush jinoyatlari uchun ramziy «G‘azo tribunali» tuzildi
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
Tramp – AQSHning xorijda urush ochmagan yagona prezidenti