Foto: AP
Xitoy davlat kosmik parvozlar operatori CASC “Buyuk yurish 10A” raketa tashuvchisi qachon uchirilishini ma’lum qildi. Raketa 2026 yilda koinotga yo‘l olishi kutilmoqda.
“10A” uzunligi 67,4, diametri esa 5 metr. U kosmik kemalarni quyi Yer orbitasiga olib chiqish uchun mo‘ljallangan — u yerda kemalar “Tyangun” kosmik stansiyasi bilan tutashadi. Orqaga qaytib keladigan birinchi variantda raketa tashuvchining foydali yuk ko‘tarish qobiliyati 14,2 ming kilogrammgacha yetishi mumkin. Yuk kemalarini uchirishga mo‘ljallangan alohida versiya ham ishlab chiqilmoqda.
Raketaning Oyga uchadigan “Buyuk yurish 10” versiyasi “10A” ga asoslanib modifikatsiya qilinadi. Uning balandligi 92 metr bo‘lib, Yer yo‘ldoshi atrofidagi orbitaga 27 ming kilogrammgacha yuk chiqara oladi.
Oyga missiyalar ikkita “Buyuk yurish 10” raketasi yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Raketalardan biri Mengzhou kemasi va uning uch nafar ekipajini, boshqasi esa Lanyue qo‘nish modulini jo‘natadi. Shundan so‘ng apparatlar Oy orbitasida bir-biriga ulanadi. Kosmonavtlardan biri orbita stansiyasida qoladi, qolgan ikki nafari Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga tushib, u yerda taxminan olti soat vaqt o‘tkazadi va bir qator ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ushbu missiyani 2030 yilgacha amalga oshirish kutilmoqda.
Hozirda Xitoyda “Buyuk yurish 10A” raketasining birinchi bosqichi sinovlari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, parallel ravishda “Buyuk yurish 9” og‘ir yuk tashuvchisi ishlab chiqilmoqda, u ham Oyga yirik apparatlarni yuborish, jumladan Janubiy qutb yaqinida baza qurish uchun ishlatiladi. Ushbu raketaning birinchi parvozi 2030 yilda rejalashtirilgan.
Ayni paytda mamlakatning eng kuchli raketasi 5 metr diametrga ega “Buyuk yurish 5” hisoblanadi. Uning yordamida, “Tyangun” orbital stansiyasi qurilgan. Ushbu raketa Yer atrofidagi quyi orbitaga 25 000 kilogrammgacha yuklarni olib chiqa oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi