Foto: AP Photo
AQSHda respublikachi Donald Trampning prezidentlikka qayta saylanishidan “yutgan” va “mag‘lub bo‘lgan“ dunyo yetakchilari ma’lum qilindi. Bloomberg agentligi ularning ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Trampning qayta saylanishidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, shuningdek, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon manfaat ko‘rishi mumkin.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, KXDR rahbari Kim Chen In va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham Trampning yangi muddatidan naf ko‘ruvchilar qatoriga kiritilgan.
Shu bilan birga, Trampning yangi muddatidan “yutqazganlar” ro‘yxatida birinchi o‘rinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turadi. Bloomberg fikricha, Oq uyning kelajakdagi rahbari Ukrainaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi va mojaroni hal qilish uchun unga bosim o‘tkazishi mumkin.
Zelenskiydan tashqari, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Xitoy raisi Si Szinpin bilan ham Tramp o‘rtasidagi ziddiyatlar saqlanib qolishi kutilmoqda.
Trampning saylovdagi raqibi Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashi va savdo nizolari tufayli Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham AQSHning yangi prezidenti bilan munosabatlarda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, mag‘lublar ro‘yxatida Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Braziliya prezidenti Lula ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari