Foto: Getty Images
AQSH Isroil buyurtma qilgan va puli to‘langan 134 ta D9 buldozerini yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Ynet xabar berdi.
Yahudiy davlatining buyurtmasi AQSHning Caterpillar zavodlarida qolib ketgan. Hozirda ular AQSH davlat departamentidan eksportga ruxsat kutmoqda. Ushbu buldozerlardan, asosan, G‘azodagi binolarni buzish uchun foydalanish AQSH ichida kuchli tanqidga uchradi. Norozilik namoyishlari va Bayden ma’muriyatiga ko‘rsatilgan ulkan bosim natijasida yetkazib berish bir necha oyga to‘xtatildi. Buning ta’siri jang maydonida allaqachon sezilmoqda.
Ynet ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili G‘azoda Isroil armiyasi faol qo‘llagan D9 buldozerlarning ko‘pchiligi ta’mirtalab. Livan janubidagi jangovar harakatlarda ham ularga talab oshgan.
Buldozerlar birinchi navbatda minalangan maydonlarni tozalash, piyoda va zirhli texnikaga tahdid solishi mumkin bo‘lgan portlashlarning oldini olish uchun ishlatiladi. Ular nafaqat jangovar vazifalarda samarali, balki askarlarning hayotini saqlab qoladi. Buldozerlar yetkazib berishdagi kechikish Livandagi operatsiyaga ham ta’sir qiladi, deb yozmoqda Isroil nashri.
Buldozerlarga muqobil sifatida qimmat muhandislik vositalari va aviazarbalar mavjud bo‘lsa-da, ulardan foydalanish operativ ehtiyojlar va iqtisodiy omillar tufayli cheklangan.
Isroil uchun yana bir muammo shundaki, AQSH tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishi ehtimoli tufayli Isroil harbiy-havo kuchlari uchun Boeing kompaniyasidan sotib olingan 1300 ga yaqin bombani yetkazib berishni to‘xtatdi.
Buldozerlar va og‘ir bombalar yetkazib berishning kechikishi Isroil va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni kuchaytirmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi