Foto: Julia Demaree Nikhinson / AP
AQSH yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi oldidan ommaviy axborot vositalarida chop etilgan Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha har qanday ssenariylar haqiqatga mos kelmaydi, dedi Ukraina Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi (DQKM) rahbari Andrey Kovalenko, 10 noyabr, yakshanba kuni telemarafonda.
«Bularning barchasi ommaviy axborot vositalari uchun ham, bu voqealarni tarqatadigan ma’lum shaxslar uchun ham haypdir», dedi u va Rossiya tomoni, xususan, tinchlik rejalari haqidagi xabarni tarqatishdan manfaatdor ekanini qo‘shimcha qildi.
Kovalenkoning ta’kidlashicha, amerikalik respublikachilarning Ukraina haqidagi har qanday bayonotiga Trampning yangi ma’muriyati yakuniy shakllanmaguncha «shubha bilan» munosabatda bo‘lish kerak. «Amerika siyosatchilarining Ukraina bo‘yicha har qanday bayonoti faqat ularning shaxsiy fikri», — deya ta’kidladi DQKM rahbari.
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqida gapirishdan bosh tortdi
Bir kun avval, 9 noyabrda Tramp saylovoldi tashviqoti vaqtida ishlagan respublikachi Brayan Lanza Ukraina Rossiya tomonidan qo‘shib olingan hududlar, xususan, Qrimni qaytarishga emas, balki tinchlikka erishishga e’tibor qaratishi kerakligini aytgan edi. «Bizda prezident Zelenskiy uchun yangilik bor: Qrim endi yo‘q, agar sizning ustuvor vazifangiz Qrimni qaytarish va amerikalik askarlarni Qrimni qaytarish uchun kurashishga majburlash bo‘lsa, demak, siz yolg‘izsiz», — deya qo‘shimcha qildi Lanza.
Shu kuni Trampning o‘tish shtabi Reuters agentligiga Lanza endi AQSHning saylangan prezidenti uchun ishlamasligini va Ukraina haqida «Tramp nomidan» gapirmayotganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”