Tabiiy ofatlardan eng ko‘p jabr chekkan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Foto: Fireman.club
Iqlim o‘zgarishlari tufayli yuzaga kelgan og‘ir ob-havo sharoitlari 2014 yildan buyon qator mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, deb yozmoqda The Guardian.
Nashrga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda tabiiy ofatlardan eng ko‘p iqtisodiy zarar ko‘rgan mamlakatlar quyidagilar:
AQSH — 935 mlrd dollar;
Xitoy — 268 mlrd dollar;
Hindiston — 112 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlarda: Germaniya, Avstraliya, Fransiya va Braziliya.
Noqulay ob-havo 10 yilda jahon iqtisodiyotiga 2 trln dollar qiymatida zarar yetkazdi. Shundan 451 milliard dollarlik zarar so‘nggi ikki yilga tegishli. Ekspertlar 4 mingdan ortiq suv toshqinlari, qurg‘oqchiliklar va boshqa ob-havo injiqliklarini tahlil qilib, ushbu xulosaga kelishdi.
Shundan kelib chiqib, Xalqaro savdo palatasi davlatlar yetakchilarini iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha loyihalarga ko‘proq sarmoya kiritishga chorlamoqda.

Izohlar 0
…