Foto: Getty Images
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov fuqarolarga dollar kerak emasligi, ularga rubl ishlatgan ma’qulroqligini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Siluanov jamg‘armalarni federal kredit obligatsiyalarida saqlashni va uzoq muddatli jamg‘arma dasturiga qo‘shilishni maslahat berdi.
"Federal kredit obligatsiyalarini sotib oling. Bu ishonchli, foydali va daromadli sarmoya. Mana, nimaga e’tibor qaratish kerak. Shuning uchun, agar biror tiyiningiz bo‘lsa, moliya bozoriga kiriting, afsuslanmaysiz", dedi u.
Siluanov Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng, dollar va yevro mamlakat uchun “zaharli qog‘oz”ga aylanganini aytdi. Shuningdek, u “nazoratdan tashqari emissiya” tufayli dollar barqaror valyuta bo‘la olmasligini ta’kidladi.
Muammo shundaki, ular bu pullarni o‘zlari chop etadi, ularni sotib oladi, Amerika Qo‘shma Shtatlari obligatsiyalarini xarid qiladilar, chunki ular hamon dollar ishonchli va barqaror valyuta degan tushunchada yashaydi, dedi vazir.
Putinning dollarga munosabati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammitida dollar jahon moliyasining eng muhim vositasi bo‘lib qolayotganini tan oldi. Biroq u Amerika valyutasidan siyosiy maqsadlarga erishish uchun foydalanishni “katta xato” deb atadi. Siyosatchi AQSH so‘nggi 10 yil ichida dollar jahon valyutasi bo‘lgani tufayli “havodan” 12 trillion dollar olganini aytgan.
"Ekspertlarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, men ularga to‘liq ishonaman, dollar jahon valyutasi bo‘lgani sababli, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi o‘n yil davomida shunchaki, yo‘qdan 12 trillion dollar qo‘lga kiritgan", degan u.
Kreml rahbar dollardan voz kechish rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan.
Tramp dollardan voz kechganlarga chora ko‘radi
AQSHning saylangan prezidenti dollardan voz kechgan har qanday davlat tovarlariga nisbatan 100 foizlik boj joriy qilishini aytgan.
"Biz AQSH dollarini jahon zaxira valyutasi sifatida saqlab qolamiz ... men (dollarda hisob-kitob qilishdan bosh tortadigan mamlakatlarga) aytaman: Agar siz dollardan voz kechsangiz, AQSH bilan ishlay olmaysiz, chunki sizning mahsulotlaringizga 100 foizlik tariflarni kiritamiz", degan Tramp.
U bir necha bor AQSHning tarif siyosatini Xitoy va ba’zi hollarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan qat’iylashtirishga va’da bergan. Tramp ularni AQSHga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lish va erkin savdo qoidalarini buzishda ayblagan. Siyosatchining 2017-2021 yillardagi birinchi prezidentlik muddati davomida AQSH ham Xitoy, ham Yevropa tovarlariga tariflar kiritgandi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida rasmiy valyuta hisob-kitoblarining 59 foizi AQSH valyutasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda yevro deyarli 20 foiz ulush bilan turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi