Foto: Reuters
“AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishgach, migratsiya nazoratini kuchaytirish choralarini ko‘rishni rejalashtirmoqda”, deb yozadi Reuters vaziyatdan xabardor uchta manbaga tayanib.
Ularga ko‘ra, Tramp mamlakatga qonuniy kirish uchun asosiy dasturlarni ham to‘xtatmoqchi.
Suhbatdoshlar bunday choralar Federal Migratsiya xizmati xodimlariga ko‘proq vakolatlar beradi, jumladan, sudlanmagan shaxslarni hibsga olishga imkon beradi, deb hisoblamoqda. Bu, shuningdek, qo‘shinlarni Meksika—AQSH chegarasiga o‘tkazish va chegara devorini qurish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga olib keladi.
Migrantlar uchun “qora kunlar”
Manbalarga ko‘ra, saylangan prezident ma’muriyati Jo Baydenning migrantlarning mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kirishiga ruxsat bergan gumanitar dasturlarini ham to‘xtatish niyatida. Bunda ruxsatnoma muddati tugaganlar AQSHni tark etishga majbur bo‘lishi mumkin.
Reuters agentligining ikki suhbatdoshiga ko‘ra, Donald Tramp chegaraga Milliy gvardiya qo‘shinlarini jo‘natishni va noqonuniy migratsiya tufayli milliy favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmoqda. U chegara devorini qurishga budjetdan mablag‘ olish uchun shunday qaror qabul qilishi mumkin.
Saylovoldi kampaniyadagi va’da
O‘tgan hafta CNN Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng, noqonuniy migrantlarni ommaviy ravishda AQSHdan chiqarib yuborishni boshlashi mumkinligi haqida xabar bergandi. Noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish Trampning saylovoldi kampaniyasidagi va’dalaridan biri edi.
Tramp noqonuniy migrantlar mamlakatda jinoyatlar soni oshishiga va AQSH iqtisodiyotiga zarar yetkazishga sabab bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi