07:30 / 15.11.2024
7

Siemens ommaviy ishdan bo‘shatishlarni rejalashtirmoqda

Siemens ommaviy ishdan bo‘shatishlarni rejalashtirmoqda
Foto: DPA
Siemens bosh direktori Roland Bush kompaniya faoliyati yaxshi tomonga o‘zgarayotganiga qaramay, butun dunyo bo‘ylab 5 mingtagacha ish o‘rinlari qisqarishini e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu asosan ishlab chiqarishni avtomatlashtirish sohasida taalluqli. «Ba’zida ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, chunki voqealar rivoji biz kutganimizdek ijobiy emas», — deydi Bush.

To‘rtinchi chorak va 2024-moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, Germaniya konsernining daromadi 20,62 milliard yevrodan 20,81 milliard yevrogacha oshgan — bu kutilgan prognozlardan yuqori. Butun moliyaviy yil natijalari bo‘yicha sof foyda 9 milliard yevroga yetgan — bu Germaniya ishlab chiqaruvchisi uchun rekord.

Biroq to‘rtinchi chorakda Siemens biznesining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘linmasiga buyurtmalar hajmi 19 foizga qisqarib ketgan, bo‘linma daromadi esa o‘tgan yilga nisbatan 46 foizga qulagan. Kompaniya hozircha aynan qancha xodim qisqartirilishi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.

Siemens — elektrotexnika, elektronika, energetika uskunalari, transport, tibbiy asbob-uskunalar va yoritish texnologiyalari, shuningdek, sanoat, transport va aloqaning turli sohalarida faoliyat yurituvchi nemis konglomerati. Bosh qarorgohi Myunxenda joylashgan.

Avvalroq Volkswagen kompaniyasi Germaniya hududida kamida uchta zavodini yopishi va o‘n minglab ish o‘rinlarini qisqartirishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, konsernda ishlashni davom etadigan xodimlar ish haqi 10 foizga qisqarishi va kelgusi ikki yilda oshirilmasligiga tayyor turishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siemens ommaviy ishdan bo‘shatishlarni rejalashtirmoqda