Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi kamikadze-dronlar sinoviga rahbarlik qilib, qisqa vaqt ichida ushbu qurollarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni buyurdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
«Kim seriyali ishlab chiqarishni imkon qadar tezroq yo‘lga qo‘yish zarurligini va keng ko‘lamli ishlab chiqarishga o‘tish kerakligini ta’kidladi», — deyiladi xabarda.
Shimoliy Koreya yetakchisi harbiy uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish masalasidagi raqobat butun dunyoda o‘sib borayotganini qayd etgan.
«Bunday obyektiv o‘zgarishlar harbiy nazariya, amaliyot va ta’limning ko‘plab bo‘limlarini zudlik bilan yangilashni talab qiladi», — deya Kim Chen Inning so‘zlari keltiradi agentlik.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR Janubiy Koreya hududi, xususan, Seul va prezident Yun Sok Yol ofisi uzra uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatini uchirgan. Shu bois Janubiy Koreya dronlarni urib tushirish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini shay holatga keltirishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan «Xeil-5-23» suvosti dron tizimini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. KXDR Mudofaa vazirligi bu AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizida o‘tkazgan uch kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javob ekanini bildirgan.
«Xeil-5-23» tizimining mavjudligini mustaqil tasdiqlash imkoni yo‘q. Pxenyanga ko‘ra, suvosti droni ilk bor o‘tgan yilning mart oyida sinovdan o‘tkazilgan va u dushman kemalari hamda muhim portlarga kutilmagan hujumlar uyushtirishga qodir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas