7
Tramp bir qator Amerika OAVni “siyosiy zaharlash”da ayblab, milliardlab dollar talab qilmoqda
Foto: Getty Images
Tramp Amerika OAVni “noxolislik” va “siyosiy bezorilikda” ayblab, milliardlab dollarlik da’volar qo‘ydi, deb yozadi The Guardian.
Xususan, The New York Times, Penguin Random House, The Daily Beast va CBS News nashrlariga qarshi da’volar ochilgan.
NYT va Penguin Random'ning tanqidiy maqolalari uchun saylangan prezident 10 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda va ularni “yolg‘on va tuhmat bayonotlar” berganlikda ayblagan.
Tramp NYT'ni “Demokratik partiyaning to‘laqonli ovoz kuchaytiruvchi karnayi” deb hisoblagan.
Da’vo arizasida, shuningdek, bir qator mualliflarning Tramp haqidagi maqolalari hamda kitoblaridan Tramp haqida parchalar taqdim etilgan.
Tramp NYT'ni “iste’molchilar uzoq vaqtdan beri o‘yin-kulgi, mehmondo‘stlik va ko‘chmas mulk sohasidagi mukammallik, hashamat va muvaffaqiyat bilan bog‘lagan Tramp brendini kamsitishda, Qo‘shma Shtatlardagi eng yuqori davlat lavozimiga nomzodga qasddan tuhmat qilish va kamsitish”da ayblagan.
Tramp CBS News'ni Harris bilan 7 oktyabrda bergan intervyusini montaj qilish orqali “saylovga aralashish”da ayblagan. Shundan so‘ng respublikachi telekanalga maktub yo‘llab, raqibi Harrisning “60 daqiqa” ko‘rsatuviga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini chop etishni talab qilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maktub Harris bilan bo‘lgan intervyuni tahrirlash borasidagi Trampning ayblovlari “yolg‘on” ekanini aytganidan keyin yuborilgan. Xabar qilinishicha, xat Trampning yuridik maslahatchisi Edvard Paltsik tomonidan tuzilgan va siyosatchi nomidan yozilgan.
“Biz sizdan Kamala Harrisning '60 daqiqa'ga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini zudlik bilan taqdim etishingizni va chop etishingizni talab qilamiz”, deyiladi maktubda.
Foto: AP Photo
U, shuningdek, Washington Post nashrini Harris kampaniyasiga noqonuniy xayriya qilishda ayblab, Federal saylov komissiyasiga shikoyat qilgan.
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Trampning matbuotga tahdidlarini “OAV erkinligi uchun aniq va to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf” deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda