16:54 / 16.11.2024
9

Zelenskiy: “Urush 2025 yilda diplomatik yo‘l bilan yakunlanishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak”

Zelenskiy: “Urush 2025 yilda diplomatik yo‘l bilan yakunlanishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak”
Foto: EADaily
Vladimir Zelenskiy Ukraina urushni 2025 yilda tugatish uchun hamma narsani qilishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu jarayon diplomatik yo‘l bilan tugashi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘z tarafimizdan kelasi yil urush diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’minlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, dedi u. Zelenskiy buni amalga oshirish uchun hali ko‘p ishlash zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq Zelenskiy Public nashriga bergan intervyusida “Urush tugaydi, ammo sanasi hozircha noma’lum” degandi.

Urush tugaydi, ammo sanasi hozircha noma’lum. Endilikda Oq uyni boshqaradigan yangi jamoaning siyosati bilan urush tezroq tugaydi, bu ularning Amerika jamiyatiga bergan va’dasi. Ular uchun va’dani bajarish juda muhim”, dedi Zelenskiy.

Frontdagi vaziyat qanday?

The Economist nashri e’lon qilgan maqolada esa, frontda vaziyat yomonlashgani, ammo bu Zelenskiydan sir tutilayotgani ta’kidlangandi.

Nashr suhbatdoshi Ukraina rasmiylari davlat rahbariga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmayotganini aytdi.

Bu juda salbiy voqea”, deb tushuntirdi nashr suhbatdoshi.

Nashr muxbirining Ukraina sharqidan ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi Donbassda mustahkam o‘rnashgan bo‘lishiga qaramay, ularning soni bilan bog‘liq katta muammo tufayli hamon qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Ukrain harbiylari Amerika tanklaridan piyoda manyovrlarida faqat jangchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmoqda, chunki ularda hujumlarni amalga oshirish uchun yetarli odam yo‘q”, dedi muxbir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Urush 2025 yilda diplomatik yo‘l bilan yakunlanishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak”