17:42 / 16.11.2024
12

Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi

Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Foto: Gazeta.ru
Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kecha bo‘lib o‘tgan telefon suhbati Kiyev uchun signaldir. Bu fikrni Rossiya bo‘yicha ekspert, Germaniya tashqi siyosat jamiyati “Xalqaro tartib va ​​demokratiya” dasturi rahbari Shtefan Mayster Der Tagesspiegel gazetasiga bildirdi.

Bu muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish bosimini kuchaytiradi. Shuningdek, Yevropaning yetakchi siyosatchilari ichki siyosiy sabablarga ko‘ra Putin bilan muzokara olib borishga va u bilan muloqotga kirishishga majbur bo‘layotganini anglatadi”, deb hisoblaydi mutaxassis.

Sholsning Putin bilan suhbati ko‘p narsani o‘zgartirmaydi, deb hisoblaydi u.

Oxir-oqibat Moskva urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni faqat AQSH prezidenti bilan olib boradi. Putin esa Shols endi Yevropa siyosatida muhim rol o‘ynamasligini biladi”, deya qo‘shimcha qildi Mayster.

Uning fikricha, hatto Kiyevda ham Ukraina taqdirini Shols emas, balki Rossiya bilan AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp hal qilishini tushunishadi.

Rossiya prezidenti “muloqotga ochiqligini va Tramp bilan muzokaralarga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda”, deb hisoblaydi ekspert.

Kreml bayonoti

Avvalroq Kreml Putin va Shols suhbati tafsilotlarini ochiqlagandi.

Rossiyaning takliflari yaxshi ma’lum va ular iyun oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligida qilgan nutqida bayon etilgan. Mumkin bo‘lgan kelishuvlar Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini hisobga olishi, yangi hududiy voqeliklarga asoslanishi va eng muhimi, mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etishi kerak”, deyiladi Kreml bayonotida.

Zelenskiy bilan suhbat

DW nashrining ma’lum qilishicha, Putin bilan suhbatdan oldin Olaf Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham telefonda gaplashgan.

10 noyabr kuni Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi urush bo‘yicha Putin bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini, lekin buni alohida emas, balki Ukraina va boshqa tomonlar ishtirokida amalga oshirishini aytgan:
Ha, vaqti kelganida men Rossiya prezidenti bilan gaplashaman, lekin men mas’uliyatli siyosatchiman, buni yolg‘iz qilmayman”, degan u.

Rossiya prezidentining rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Shols o‘rtasidagi so‘nggi suhbat 2022 yil 2 dekabrda bo‘lib o‘tgan, uning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi