
Hademay musulmonlarning ikki muqaddas shahri— Makka va Madina hayotida yana bir muhim yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Ya’ni yaqin orada mazkur ikki shahar o‘rtasida o‘rtasida tezyurar poezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ayni kunda temir tulpor uchun yo‘l qurilish ishlari boshlangan. Bu haqda muxlis.uz sayti xabar bermoqda.
Aytish kerakki, qurilish jarayonida asosiy e’tibor shovqinni pasaytiruvchi eng yuqori texnologiyalarning qo‘llanilishiga qaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad mahalliy aholining tinchligini saqlash, ularga noqulaylik tug‘dirmaslikdir, deb yozadi islam-today.ru sayti.
Mazkur magistral yo‘lga “Al-Haramayn” deb nom berilishi rejalashtirilgan va u 5 ta stansiyadan iborat bo‘ladi.Tezyurar poezd faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ziyoratchilarning yo‘lga sarflaydigan vaqtini 2 barobarga qisqartiradi. Rejaga ko‘ra, birinchi qatnov 2018 yilda amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar