18:43 / 17.11.2024
5

Tramp Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi

Tramp Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi
Foto: Getty Images
Tramp jamoasi AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish qaroriga aloqador shaxslar ro‘yxatini tayyorlamoqda va ularni tribunalga berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanal suhbatdoshlaridan biri Amerika qo‘shinlarining 2021 yilda Afg‘onistondan olib chiqilishini tekshirish, xususan, ushbu qarorga aloqador shaxslar haqida ma’lumot to‘plash bo‘yicha komissiya tuzish rejalari haqida gapirgan. Tramp jamoasi bu harbiylarni davlatga xiyonatda ayblash, harbiy tribunalga tortish imkoniyatini aniqlash niyatida.

«Ular [Tramp jamoasi] bunga juda jiddiy qaramoqda», deb ta’kidladi kanal suhbatdoshlaridan biri.

Biroq, NBC News telekanalining ta’kidlashicha, masalaning huquqiy tomoni, jumladan, davlatga xiyonat ayblovi noaniq qolmoqda, chunki AQSH harbiylari amaldagi prezidenti Jo Baydenning buyrug‘ini bajargan.

AQSH 2001 yil 11 sentyabr teraktlaridan keyin Afg‘onistonga qo‘shin yubordi. Ularning nishoni ushbu hujumlar uchun mas’ul «Al-Qoida» guruhi edi. Tramp missiyani tugatish bo‘yicha birinchi kelishuvni 2020 yilda imzoladi. Qo‘shinlarni olib chiqish bir yil o‘tib, Bayden davrida amalga oshirildi. Amerikaliklar ketganidan keyin Afg‘onistondagi hokimiyat «Tolibon» harakati tomonidan qo‘lga olindi.

Bayden «Tolibon»ni tan olishdan bosh tortdi. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari «Tolibon»dan inson huquqlari va mintaqada terrorchi guruhlarning ko‘payishi muammolarini hal etishni talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi