16 noyabrdan Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ilk temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yildi.
«Jibek joly» («Ipak yo‘li») deya ramziy nomlangan poyezd qatnovi ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashuvini yanada jonlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qozog‘iston temiryo‘l shirkati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5 kun davom etadigan ilk sayohatga 100 dan ziyod yo‘lovchi otlandi.
«Ushbu loyiha Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga asosan «Qazaqstan temіr joli» milliy kompaniyasi tomonidan, turizmni rivojlantirish strategiyasi doirasida, Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Olmaota shahri va Turkiston viloyati hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, loyihani ro‘yobga chiqarishda «O‘zbekiston temiryo‘llari» kompaniyasidagi hamkorlarimiz ham qatnashmoqda», – deydi «Yo‘lovchi tashish» AJ bosh direktori o‘rinbosari Muhit Tursinbayev.
Sayyohlar Turkiston shahrida bir kun, Toshkentda esa ikki kun bo‘lib, ikki tarixiy shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishadi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 8 avgust kuni Ostona shahrida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida bo‘lib o‘tgan Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisida ham ko‘plab yo‘nalishlar qatori turizm sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi