Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp hukumatni shakllantirish tezligi bo‘yicha zamonaviy Amerika tarixida rekord o‘rnatdi. U saylovdan so‘ng 12 kun ichida vazirlik lavozimlariga 12 ta tayinlovni amalga oshirdi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Hukumatni shakllantirish amaldagi prezidenti Jo Baydendan besh baravar va Trampning birinchi kabinetini shakllantirishdagidan to‘rt barobar tezroq amalga oshgan.
“Bu tarixdagi hokimiyatni eng samarali topshirish yoki barcha me’yorlarni buzgan holda tekshiruvsiz, tadqiqotsiz va Senat bilan maslahatlashuvlarsiz amalga oshirilgan tayinlov jarayoni”, dedi hokimiyat almashinuvi masalalariga ixtisoslashgan Amerika universiteti Biznes maktabi dekani Devid Marchik.
Axios nashrining ta’kidlashicha, avvalgi administratsiyalar nomzodlarni tekshirishning belgilangan tartiblariga amal qilgan bo‘lsa, Trampning yondashuvi bu me’yorlarni buzmoqda. Donald Tramp administratsiyasidagi lavozimlar uchun hozirda ma’lum bo‘lgan nomzodlar:
- Vitse-prezident lavozimini Ogayo shtatidan senator Jey Di Vens egallaydi;
- Davlat kotibi Florida shtatidan senator Marko Rubio bo‘ladi;
- Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi etib Vakillar palatasi a’zosi Mayk Uoltz tayinlanadi;
- Pentagon rahbari sifatida AQSH Milliy gvardiyasi faxriysi va teleboshlovchi Pit Xagset faoliyat yuritadi;
- Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Milliy razvedkaning sobiq direktori Jon Retkliff tayinlanadi;
- Milliy razvedka direktori etib Demokratik partiyaning sobiq a’zosi Tulsi Gabbard tayinlanadi;
- Bosh prokuror va adliya vaziri Vakillar palatasi a’zosi Mett Gets bo‘ladi;
- Bosh prokuror va adliya vaziri Vakillar palatasi a’zosi Mett Gets bo‘ladi;
- AQSH sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini Kichik Robert Kennedi egallaydi;
- “Chegara qiroli” lavozimiga immigratsiya-bojxona xizmatining sobiq rahbari Tom Xoman va boshqalar tayinlanadi;
- Energetika vaziri esa Liberty Energy neft xizmatlari kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Kris Rayt bo‘lishi kutilmoqda.
Amerikalik milliarder Ilon Mask va tadbirkor Vivek Ramasvami davlat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qiladi. Departament (DOGE) deb nomlanadi. U Dogecoin (DOGE) — Mask tarafdor bo‘lgan kriptovalyutaga ishora qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin