Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi ikki yarim yildan ortiq davom etgan urushi tez orada o‘zgarishi mumkin. Bu fikrni Polsha bosh vaziri Donald Tusk bildirdi. «Yaqin haftalar nafaqat urushning o‘zi, balki bizning kelajagimiz uchun ham hal qiluvchi bo‘ladi», deb yozdi u 17 noyabr, yakshanba kuni X mikrobloglar tarmog‘ida. Polsha hukumati rahbari aynan nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.
Shu bilan birga, Tusk Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatni e’tibordan chetda qoldirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kremlni telefon qo‘ng‘iroqlari bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Yaqinda amalga oshirilgan havo hujumi janglar paytidagi eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi va «telefon diplomatiyasi Ukrainani G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlashni almashtirishga qodir emasligini tasdiqladi», deya qo‘shimcha qildi Polsha bosh vaziri.
Tusk Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish sanasi haqida AQSHdan deklaratsiya kutmoqda
Polsha bosh vaziri Donald Tuskning fikricha, yaqin kelajakda Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Qo‘shma Shtatlardan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish muddati va Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari haqida deklaratsiyalar olishi mumkin. Polsha vazirlar mahkamasi rahbarining so‘zlari haqida 9 noyabr kuni Polsha radiosi xabar berdi.
Tuskning bayonoti 6 noyabr kuni Trampga yaqin bo‘lgan uch manbaga tayanib, Ukraina bo‘yicha rejalardan biri haqida yozgan The Wall Street Journal maqolasi chop etilganidan ko‘p o‘tmay yangragan. Nashrning yozishicha, bu loyiha, xususan, Kiyevning NATOga kamida 20 yil qo‘shilmaslikka va’da berishi va buning evaziga Vashington Rossiya Federatsiyasining keyingi hujumlarini oldini olish uchun Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishidan iborat.
O‘z navbatida, Tuskning fikricha, Trampning Ukraina bo‘yicha rejalari, ehtimol, faqat tayyorgarlik bosqichida.
Polsha bosh vaziri, o‘zining fikricha, keyingi qadamlar qanday bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. «Bu, albatta, AQSHning Ukraina ishlariga kamroq aralashuvini o‘z ichiga olgan qarorlar bo‘ladi», deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Donald Tusk «Ukrainadagi urush bo‘yicha qarorlar nafaqat ukrainaliklar, balki biz bilan ham maslahatlashmasdan qabul qilinishi mumkin emas», deb ta’kidladi.
Trampning AQSHdagi saylovlardagi g‘alabasidan qat’i nazar, Polsha va Yevropa yaqin oylarda o‘z xavfsizligi uchun ancha katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, deb hisoblaydi Polsha vazirlar mahkamasi rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi