Shon Daffi Foto: Steven Ferdman/Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatida transport vaziri lavozimiga sobiq kongressmen, hozirda teleboshlovchi bo‘lgan Shon Daffini nomzodini ilgari surdi. 18 noyabr, dushanba kuni bu lavozimga nomzodini e’lon qilar ekan, Tramp Vakillar palatasida «fiskal mas’uliyat» uchun kurashgan Daffining ishini yuqori baholadi.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Viskonsin shtatidan sobiq kongressmen Kongressdagi hamkasblari bilan yo‘llar va ko‘priklar qurish bo‘yicha muhim loyihalar ustida ishlagan va vazir sifatida u uchuvchilar va havo harakatini nazorat qiluvchilar o‘rtasida irqiy xilmaxillikni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini bekor qiladi. «U Amerikaning avtomobil yo‘llari, tunnellari, ko‘priklar va aeroportlarini modernizatsiya qilishda sifat, malaka, raqobatbardoshlik va go‘zallikni birinchi o‘ringa qo‘yadi», dedi Oq uyning bo‘lajak rahbari.
Daffi 2011 yildan 2019 yilgacha AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi bo‘lib ishlagan.
Hozirda 53 yoshli to‘qqiz farzandning otasi Shon Daffi Fox Business telekanalida boshlovchi bo‘lib ishlaydi va o‘ta konservativ Fox News telekanali bilan hamkorlik qiladi, u yerda Trampning mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi Pit Hegset dasturlarni olib boradi.
Tramp neft kompaniyasi rahbarini energetika vaziri etib tanladi
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp energetika vaziri lavozimiga Denverda joylashgan Liberty Energy neft xizmatlari kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Kris Rayt nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 16 noyabr kuni kechqurun chop etilgan bayonotida aytiladi.
«Kris yetakchi energetika texnologi va tadbirkor. U yadro, quyosh, geotermal, neft va gaz sanoatida ishlagan. Eng muhimi, Kris Amerikaning energetik mustaqilligini ta’minlagan va global miqyosda o‘zgargan slanes inqilobini boshlashga yordam berganlardan biri», deb yozgan Tramp o‘z bayonotida.
Qayd etilishicha, Rayt, agar uning nomzodi tasdiqlansa, Tramp 15 noyabr kuni tuzilishi haqida e’lon qilgan Milliy energetika kengashiga ham qo‘shiladi. Ushbu kengash raisi Shimoliy Dakota shtati gubernatori Duglas Bergam bo‘ladi, u avvalroq Tramp tomonidan ichki ishlar vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan edi.
Tadbirkorning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH Energetika vazirligi rahbari sifatida «Amerika energiyasini yanada qulay, ishonchli va xavfsizroq qilish»ga e’tibor qaratishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»