14:28 / 20.11.2024
11

AQSH prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi

AQSH prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
Foto: Oleksandr Klymenko/Avalon.red/IMAGO
AQSH prezidenti Jozef Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi, deb yozdi 19 noyabr, seshanba kuni The Washington Post (WP) nomi oshkor etilmagan ikki amerikalik mulozimga tayanib. Nashr suhbatdoshlaridan biri ta’kidlaganidek, ushbu o‘q-dorilardan foydalanish Ukraina hududi bilan cheklangan.

WP manbalaridan biri ta’kidlaganidek, Ukraina Qurolli kuchlari uchun minalar vaqt o‘tishi bilan o‘zini-o‘zi yo‘q qiladigan yoki batareya quvvatini yo‘qotib, faol bo‘lmagan minalardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tinch aholi uchun xavfni kamaytiradi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi bunday o‘q-dorilarni yetkazib berish Rossiya armiyasining olg‘a siljishini cheklashning eng samarali qadamlaridan biri ekanligiga ishonchi komil, deya tushuntirdi gazeta suhbatdoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy so‘nggi haftalarda Rossiya Qurolli kuchlarining frontda Ukraina pozitsiyalariga uyushtirgan hujumlaridan nihoyatda xavotirda va Rossiya qo‘shinlarining olg‘a siljishini shoshilinch ravishda sekinlashtirish zarurligini ko‘rmoqda.

AQSH Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 275 million dollar (taxminan 260 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini yuboradi. Bu haqda 19 noyabr kuni o‘z ismi sir qolishni istagan amerikalik rasmiylarga tayanib, Associated Press xabar berdi. Paket tarkibiga oid tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

O‘z navbatida, AQSH Davlat departamenti Ukrainaga 100 million dollarlik noaniq mudofaa uskunalari va xizmatlarini sotishga ruxsat berdi, shu jumladan avtomobillarni kapital ta’mirlash, texnik qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va «boshqa tegishli logistika elementlari» bilan birga.

Bundan tashqari, Vashington va Kiyev Ukrainaga 20 milliard dollarlik kredit berish shartlari bo‘yicha muzokaralarning «ilg‘or bosqichida» bo‘lib, uning qaytarilishi Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan amalga oshiriladi. AP suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSHning amaldagi prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati jarayonni yil oxirigacha yakunlashni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi