Foto: Yermoxin Sergey
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri parlamenti migrantlar uchun mehnat patenti narxini hisoblashda qo‘llanadigan koeffitsiyentni oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Shahar merining Qonunchilik assambleyasidagi vakili Konstantin Suxenko tashabbus haqida «Kommersant»ga batafsil gapirib berdi.
Endi Ozarboyjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Moldova fuqarolari olishi kerak bo‘lgan mehnat patentining narxi 30 foizga oshib, 6 ming rublga yetishi mumkin. Hozir patent uchun 4,6 ming rubl to‘lash kerak, 1,597 koeffitsiyentda.
Migrantlar uchun mehnat patentining narxi uchta parametrni qo‘llagan holda hisoblanadi: qat’iy belgilangan avans to‘lovi miqdori (1200 rubl), Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan belgilanadigan deflyator koeffitsiyenti (2024 yilda 2,4) va mintaqalarning har biri mustaqil ravishda belgilaydigan koeffitsiyent.
Konstantin Suxenko so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg ma’muriyati mintaqaviy koeffitsiyentni 1,93 miqdorida belgilashni taklif qilmoqda. Bu Sankt-Peterburg hududida mehnat patentining oylik qiymatini 6 ming rubl bo‘lishini ta’minlaydi. Unga ko‘ra, patent uchun xuddi shunday narx Leningrad viloyatida ham o‘rnatiladi.
Tashabbus deyarli bir ovozdan qabul qilingan: 46 deputat uni yoqlagan, ikki nafari qarshi ovoz bergan. Qonun qachondan kuchga kirishi haqida xabarda ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti