Foto: Reuters
Koreya yarim orolidagi vaziyat “termoyadro urushi”ni keltirib chiqarishi mumkin. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bu bo‘yicha bayonot berdi.
KXDR yetakchisiga ko‘ra, ular Amerika tomoni bilan muzokaralardan so‘ng AQSHning “dushmanona siyosati”ga ishonch hosil qilgan.
“Mojaro tomonlari hech qachon... har qanday daqiqada vayron qiluvchi termoyadro urushiga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan bunday xavfli va keskin qarama-qarshilikka duch kelmagan”, deydi Shimoliy Koreya rahbari Pxenyandagi qurol-aslaha ko‘rgazmasida.
U Vashington o‘zining strategik vositalari va ittifoqchi kuchlarini joylashtirish, KXDRni jilovlash maqsadida yadroviy quroldan jamoaviy foydalanish huquqiga ega harbiy bloklar tizimini kengaytirish orqali vaziyatni kuchaytirayotganini aytdi.
Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainadagi urushda ishtirok etmoqda
AQSH prezident Jo Bayden KXDR harbiylarining urushdagi ishtirokiga javoban Ukraina armiyasi tomonidan AQSH raketalarining Rossiya hududida nishonlarga ishlatilishiga ruxsat bergandi. So‘nggi haftalarda Ukraina, Janubiy Koreya va AQSH razvedkasi urushda ishtirok etish uchun Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyaga yuborilgani haqida bir necha bor xabar bergandi. Pxenyanning bunday xatti-harakati BMTda xavotirga, NATO va Yevropa ittifoqi tomonidan tanqidga sabab bo‘lgan.
Seul, Vashington va Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR kuchlarining bir qismi qarshi hujumda ishtirok etish uchun Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatiga yuborilgan. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya harbiylari allaqachon ushbu hududda yo‘qotishlar olib bormoqda, degan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi