15:00 / 22.11.2024
45

Uchta savol orqali xotira yo‘qolishi bilan bog‘liq xastalikni aniqlash mumkin

Uchta savol orqali xotira yo‘qolishi bilan bog‘liq xastalikni aniqlash mumkin
Yapon tadqiqotchilari bemorda alsgeymer, xotira yo‘qolishi kasalligining rivojlanish xavfini aniqlash uchun bir necha oddiy savollardan foydalanadigan usulni ishlab chiqdi.

Savollar quyidagilardan iborat: «Sizni nimadir bezovta qilayaptimi?», «Siz nimadandir xursand bo‘la olasizmi?», «Oxirgi uch oy davomida qaysi xabarlar sizning e’tiboringizni tortdi?»

Tadqiqot davomida kasallikning turli bosqichlarida bo‘lgan 108 nafar bemor va kognitiv nuqsoni bo‘lmagan 47 nafar bemorga tegishli savollar berildi. Shu bilan birga, tadqiqot ishtirokchilarining miya tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, birinchi savolga salbiy javob, ikkinchi savolga batafsil javob va uchinchi savolga salbiy javob (yoki uzoq vaqtdan beri bo‘lgan yangiliklarni misol qilib keltirish) mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, agar bemor savolga javob berayotganda, xuddi madad yoki maslahat so‘raganday yonida o‘tirgan odamga o‘girilib qarasa, bu ham alsgeymer kasalligiga chalinish xavfidan dalolat berishi ta’kidlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchta savol orqali xotira yo‘qolishi bilan bog‘liq xastalikni aniqlash mumkin