Foto: Rg.ru
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel AQSH prezidentligi saylovlarida respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozonganidan qayg‘uda ekanligini aytdi.
Spiegel jurnaliga bergan intervyusida u saylovda demokratlar nomzodi Kamala Harrisning g‘alabasini kutganini aytdi.
"Men juda afsusdaman. Demokratlardan nomzod bo‘lgan Xillari Klintonning 2016 yilda g‘alaba qozona olmagani hafsalamni pir qilgandi. Bu safar ham kutganim bo‘lmadi. Men boshqacha natija bo‘lishini xohlagandim", dedi Merkel.
Angela Merkel Tramp bo‘yicha taassurotlari haqida gapirar ekan, u har doim har qanday vaziyatdan g‘olib chiqishni xohlashini ta’kidladi.
"Muzokaralarda Tramp barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishga katta qiziqish ko‘rsatardi, lekin faqat o‘zining foydasiga yangi dalillarni topishga harakat qilardi", dedi Merkel.
Merkel, shuningdek, bo‘lajak Tramp ma’muriyatining yirik texnologiya korxonalari, xususan, tadbirkor Ilon Mask bilan yaqin aloqalari haqida xavotir bildirdi. Uning ta’kidlashicha, siyosatchilar butun jamiyat manfaatlarini hisobga olishlari kerak va agar ularga xususiy kompaniyalar kuchli ta’sir ko‘rsatsa, bu "barcha uchun yomon bo‘ladi".
Foto: EADaily
Avvalroq Ilon Mask va yana bir tadbirkor Vivek Ramasvami Trampning bo‘lajak administratsiyasida ish boshlashi kutilayotgani ma’lum qilingandi.
"Birgalikda bu ikki ajoyib amerikalik mening ma’muriyatim uchun davlat byurokratiyasini demontaj qilish, ortiqcha qoidalarni, keraksiz xarajatlarni kamaytirish va federal agentliklarni qayta tashkil etish yo‘lini ochib beradi", degan Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi