21:52 / 22.11.2024
12

Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi

Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Europeans for Jerusalem tashkiloti Italiyaning Rai telekanalidan uzr so‘rashni va Quddus Isroilning poytaxti emasligini e’lon qilishni talab qildi. Bunga Rim sudi tomonidan 21 noyabr kuni chiqarilgan qaror asos bo‘ldi.

Sud qarorida, Italiyaning Rai teleradiokanali L'Eredita viktorinasining epizodida taqdim etilgan bosib olingan Quddusning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot uchun uzr so‘rashi talab qilingan.

Foto: Anadolu
Mazkur viktorinada Quddus Isroilning poytaxti sifatida ko‘rsatilgandi.

Tashkilot Rim sudining qarori tarixiy faktlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Quddusning bosib olingan shahar ekanligini tasdiqlovchi qarorlariga mos kelishini aytdi. Shuningdek, Isroil tomonidan bu yerda amalga oshirilgan choralar Quddus Falastinning bosib olingan shahri ekanligi haqidagi aniq tarixiy faktlarni o‘zgartirmasligini ma’lum qildi.

Europeans for Jerusalem tashkiloti barcha xalqaro ommaviy axborot vositalarini professional standartlarga rioya qilishga va Isroil tashviqotiga berilmaslikka, aksincha, faktlarni qanday bo‘lsa, shunday yetkazishga chaqirdi.

Ommaviy axborot vositalari falastinliklarning azob-uqubatlari, bosib olingan shahardagi islom va nasroniylarning muqaddas qadamjolariga status-kvo joriy etishga urinishlar, shuningdek, vayron qilish, uy-joylarni tortib olish va aholini majburan ko‘chirish siyosatini xolis ko‘rsatishga harakat qilishi kerak.

Foto: EADaily
"Biz bosib olingan Quddusning huquqiy maqomiga zid bo‘lgan bu noto‘g‘ri ma’lumotlardan so‘ng Italiya televideniyesiga qarshi sudga murojaat qildik. Italiya Quddusni Isroilnning poytaxti sifatida tan olmaydi", dedi Italiyadagi Falastin jamiyati prezidenti doktor Muhammad Hanun.

Shuningdek, u Rim sudining Italiya televideniyesi tomonidan berilgan bayonotlar noto‘g‘ri ekani bo‘yicha chiqargan qaroriga e’tibor qaratib, sud tomonidan dasturning keyingi qismida Quddus Isroilning poytaxti emasligini bildirgan holda uzr so‘rash talab qilinganini olqishladi.

Foto: “Report.az”
Kecha, 20 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order bergandi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropaning barcha mamlakatlarini mazku qarorni hurmat qilishga va ijrosini ta’minlashga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi