«Trampdan qochayotgan» (uning siyosatidan norozi bo‘lib mamlakatni tark etayotgan) amerikaliklarga Italiyaning Sardiniya orolida 1 yevroga uy sotib olish taklif qilinmoqda.
Bu yerga ko‘chib kelishga 30 ming kishi qiziqish bildirdi, deb yozdi The Guardian Sardiniyaning Ollolai shahri meri Franchesko Kolomboga asoslanib. Hokimning tashabbusi bilan sayt ochilib, amerikaliklarga «Sardniyadagi jannatda yevropacha ta’til»ni rejalashtirish taklif etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, tashabbusdan maqsad «AQSHning siyosiy ishlariga aralashish emas», balki 1 150 kishi yashovchi Ollolaiga sarmoya kiritish va ish o‘rinlari yaratishdir.
Nashr yozishicha, loyiha boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham ochiq, biroq amerikaliklardan tushadigan murojaatlar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi. Dastur doirasida uch xildagi uy-joy taklif qilinadi: muayyan toifadagi fuqarolar uchun bepul uylar, 1 yevroga — ta’mirtalab ko‘chmas mulk hamda yashash uchun tayyor, narxi 100 ming yevrogacha bo‘lgan uylar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?