06:30 / 23.11.2024
16

Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi

Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Foto: AP
Yaman shimolida hukmronlik qiluvchi “Ansor Alloh” husiy harakati harbiylari Isroil janubida joylashgan Nevatim aviabazasiga hujum uyushtirdi. Tegishli bayonotni harakat harbiy vakili Yahyo Sariya o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Yaman armiyasining raketa kuchlari Isroil bilan aloqador Negev mintaqasidagi Nevatim aviabazasiga hujum qildi. Harbiy operatsiya “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketasi yordamida amalga oshirildi va o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishdi”, deyiladi xabarda.

G‘azodagi janglar keskinlashganidan buyon husiylar Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Isroil hududi va unga aloqador kemalarni o‘qqa tuta boshladi. Guruhning harakatlariga javoban Qo‘shma Shtatlar xalqaro koalitsiya tuzilganini e’lon qildi va Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilishga qaratilgan Prosperity Guardian operatsiyasini boshladi.

Reuters nashri avvalroq Rossiya husiylar bilan kemaga qarshi P-800 qanotli raketalarini yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, muzokaralar Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy davrida boshlangan. Ikki mintaqaviy rasmiyning aytishicha, Rossiya va husiy vakillari Tehronda bu yil kamida ikki marta uchrashgan, kelgusi haftalarda yana uchrashuvlar bo‘lishi kutilmoqda. Biroq Reuters manbalariga ko‘ra, Rossiya hozircha raketalarni husiylarga topshirish bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 300 km gacha uchish masofasiga ega bo‘lgan Rossiyaning P-800 Oniks raketalari husiylarga Qizil dengizdagi tijorat kemalarini aniqroq urish imkonini beradi hamda AQSH va Yevropa harbiy kemalariga tahdidni oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi