15:58 / 25.11.2024
21

Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi

Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi
Foto: RFE
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi mamlakat aholisi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon aholi soni 91,7 ming kishiga yoki 1,3 foizga oshgan. Oktyabr oyidagi ko‘rsatkich bo‘yicha aholi 7 million 254 ming kishini tashkil etmoqda.

Yanvar sentyabr oylarida FHDYOO organlari tomonidan 107,9 ming nafar chaqaloq va 24,2 ming nafar vafot etgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Aholining tabiiy o‘sishi 83,7 ming kishini tashkil etgan.

Uning eng yuqori darajasi Botken, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich — Bishkek va Issiqko‘l viloyatida.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston aholisi 2024 yil 1 may holatiga ko‘ra, 20 million 118 ming 478 kishini tashkil etgandi. O‘zbekistonda esa 1 iyul holatiga doimiy aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil qilgan. Mamlakatda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshayotgani ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi